Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple kapitalizatsiyasi bir kunda 40 milliard dollarga ko‘tarildi
Apple'ning ijobiy moliyaviy natijalari tufayli so‘nggi chorakda kompaniya aksiyalari 18 oy maksimumiga yetdi, uning kapitalizatsiyasi esa bir kunda 40 milliard dollarga ko‘tarildi. InsiderPro shu haqida xabar berdi.
Chorshanba kuni Amerika bozorining yopilishiga qadar Apple aksiyalari 6 foizga oshib, 128,79 dollarga qimmatlashdi - bu 2015 yilning 21 iyulidan buyon maksimum ko‘rsatkich hisoblanadi. Kompaniya kapitalizatsiyasi 676 milliard dollarni tashkil qildi.
Kompaniya qiymatining atigi bir kunlik o‘sishi Tesla'ning butun kapitalizatsiyasiga teng (u chorshanba kuni bozor yopilishiga qadar 40,36 milliard dollarni tashkil qilgan).
Aktsiyalar seshanba kuni kechqurun kompaniyaning moliyaviy natijalari haqida e'lon qilingandan so‘ng ko‘tarilib ketdi. Apple kompaniyasining 2017 moliyaviy yil I choragi bo‘yicha daromadi 3,3 foizga o‘sgan va prognozlardan oshib, 78,35 milliardni tashkil qilgan. Aktsiya daromadi 3,36 dollarni tashkil qildi, bu tahlilchilar prognozidan 0,14 dollarga ko‘p. Bir necha chorakdan buyon birinchi marta iPhone sotuvlari ham oshdi.
Kompaniya rahbari Tim Kukning ta'kidlashicha, iPhone va Apple Watch'ning chorak sotuvlari tarixiy maksimumga yetgan. MacBook sotuvlari ham muvaffaqiyatli kechgan, talab kamaygan yagona mahsulot - iPad bo‘lib qolmoqda.
UBS tahlilchisi Stiven Milunovich yangi modelga o‘tishi mumkin bo‘lgan xaridorlar soni oshdi deb hisoblaydi va bu uning iPhone 8 xit bo‘lishi borasidagi ishonchini yanada mustahkamlaydi.
Mavzuga oid
20:00 / 03.07.2026
Gadjetlar qimmatlamoqda: chiplarning global taqchilligi smartfon va noutbuklar narxini oshiryapti
20:25 / 29.06.2026
Apple MacBook va iPad’dan keyin iPhone narxlarini ham oshirishi mumkin
18:16 / 29.06.2026
Kuzda Apple 15 dan ortiq yangi gadjetni taqdim etadi
18:16 / 19.06.2026