Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Don'tPanic: Atlantida Hind okeani tubidan topilgan
Hindiston va Madagaskar o‘rtasida joylashgan qadimiy qit'a Mavrikiy oroli bo‘yidan topilgan. Shunday ekan, qachonlardir aynan shu qit'a sirli Atlantida bo‘lganini taxmin qilish mumkin. Don'tPanic shu haqida ma'lumot berdi.
Vulqonli Mavrikiy oroli atigi 8 million yil avval shakllangan. Oroldagi jinslarni tahlil qilish chog‘ida olimlar qit'a plitalarining g‘alati bo‘laklariga duch kelishdi. Spektral tahlil uning aniq yoshini belgiladi - taxminan 3 milliard yil. Tadqiqotchilar qit'adagi mineral jinslariga xos bo‘lgan sirkonga duch kelishdi.
"Bu yerda shuncha yillik sirkonning topilganining o‘ziyoq Mavrikiy ostida kontinental kelib chiqishga ega qadimiy jinslar mavjudligiga ishora qiladi", - deydi tadqiqot muallifi Luis Eshval.

Hind okeani tubidagi kontinental plita bu mintaqaning gravitatsion anomaliyasini ham izohlab beradi, bu ko‘p yillardan beri olimlarni o‘ylantirib kelardi. Hozircha qadimiy sivilizatsiya izlari topilmagan, biroq endi buni vaqt hal qiladi.

Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
03:59 / 02.04.2025
Tramp Britaniyaning Chagos arxipelagini Mavrikiyga topshirish to‘g‘risidagi qarorini tasdiqladi
15:02 / 09.03.2025
Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi
15:26 / 25.02.2025