Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Britaniyaning Chagos arxipelagini Mavrikiyga topshirish to‘g‘risidagi qarorini tasdiqladi
Arxipelagdagi eng katta Diyego-Garsiya oroli AQShga ijaraga berilgan va u yerda Britaniya-Amerika aviabazasi joylashgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp Britaniya hukumatining Chagos arxipelagini Mavrikiyga qaytarib berish to‘g‘risidagi qarorini tasdiqladi, deb xabar bermoqda The Telegraph.
«Ayni vaqtda Mavrikiy hukumati bilan kelishuvni yakunlash va bitimni imzolash ustida ish olib boryapmiz. Tushunishim bo‘yicha, AQSh bilan ushbu masala muhokama qilinganidan keyingi hozirgi bosqichda u faqat biz va Mavrikiy hukumatiga taalluqli», — deydi Buyuk Britaniya hukumati rahbari Kir Starmer kanselyariyasidagi manba.
Mavrikiy 1814 yildan boshlab Britaniya mustamlakasi bo‘lgan va 1968 yilda mustaqilikka erishgan. Chagos arxipelagi esa 1965 yilda Mavrikiydan ajratib olingan, u vaqtda mamlakat Britaniya mustamlakasi edi. Britaniya uni 3 million funtga sotib olgan va Hind okeanidagi o‘z yeri deb e’lon qilgan. Arxipelagdagi eng katta Diyego-Garsiya oroli AQShga ijaraga berilgan va u yerda Britaniya—Amerika aviabazasi tashkil etilgan edi.
2024 yil 3 oktyabr kuni Buyuk Britaniya Chagosni Mavrikiyga topshirishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Shu bilan birga, Diyego-Garsiya orolidagi aviabaza saqlab qolinadi. London va Port-Lui bitim imzolagan bo‘lib, unga muvofiq aviabaza 99 yil davomida ijarada bo‘ladi. Qo‘shma Shtatlar mazkur qarorni qo‘llab-quvvatladi.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
20:36 / 03.10.2024
Buyuk Britaniya uzoq yillik bahslardan keyin Chagos orolini Mavrikiyga qaytarib beradi
10:54 / 16.08.2020
Yapon tankeri Mavrikiy sohillari yaqinida ikkiga bo‘laklanib ketdi
08:30 / 18.03.2018