Hindiston va Madagaskar örtasida joylaşgan qadimiy qit'a Mavrikiy oroli böyidan topilgan. Şunday ekan, qaçonlardir aynan şu qit'a sirli Atlantida bölganini taxmin qiliş mumkin. Don'tPanic şu haqida ma'lumot berdi.
Vulqonli Mavrikiy oroli atigi 8 million yil avval şakllangan. Oroldagi jinslarni tahlil qiliş çoğida olimlar qit'a plitalarining ğalati bölaklariga duç kelişdi. Spektral tahlil uning aniq yoşini belgiladi - taxminan 3 milliard yil. Tadqiqotçilar qit'adagi mineral jinslariga xos bölgan sirkonga duç kelişdi.
"Bu yerda şunça yillik sirkonning topilganining öziyoq Mavrikiy ostida kontinental kelib çiqişga ega qadimiy jinslar mavjudligiga işora qiladi", - deydi tadqiqot muallifi Luis Eşval.

Hind okeani tubidagi kontinental plita bu mintaqaning gravitatsion anomaliyasini ham izohlab beradi, bu köp yillardan beri olimlarni öylantirib kelardi. Hozirça qadimiy sivilizatsiya izlari topilmagan, biroq endi buni vaqt hal qiladi.













