Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FQB “Barselona” sobiq prezidentiga nisbatan tergov boshladi
Federal qidiruv byurosi (FQB) “Barselona” futbol klubi sobiq prezidenti Sandro Roselga nisbatan tergov boshladi. Bu haqda Cadena Ser nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, FQB Roselni pullarni yuvish, internet yordamida firibgarlik qilish va boshqa jinoyatlarni sodir etishda gumon qilmoqda. Shu sababdan FQB Madridning 3-raqamli sudidan Roselga tegishli ofislarda zarur tekshiruvlar o‘tkazishni so‘radi. Kataloniya klubi sobiq rahbariga yaqin kishilarning ma'lum qilishicha, Rosel ofislarida hozircha tekshiruvlar o‘tkazilmagan.
Ma'lumot uchun, FQB AQShning ichki razvedka organi va federal huquqni muhofaza qilish tuzilmasi sanaladi.
Mavzuga oid
22:36 / 11.03.2023
Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik erkak gruzinlar tomonidan o‘ldirib ketilgani aytilmoqda
21:39 / 15.08.2022
Trampning villasidan o‘ta maxfiy hujjatlar topildi. Ular orasida Makron haqida ma’lumot ham bor
20:57 / 08.06.2018
Bosh prokuratura va FQB: terrorizm, korrupsiya va pul yuvishga qarshi kurash
12:20 / 18.02.2018