Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nikaraguada Salvador sobiq prezidenti so‘roq qilinadi
Nikaraguada siyosiy boshpana topgan Salvador sobiq prezidenti Maurisio Funes moliyaviy jinoyatlarga ehtimoliy aloqasi bo‘yicha ish doirasida so‘roq qilinadi. Bu holat Salvadorning Managuadagi elchixonasida ro‘y beradi, deb xabar berdi Salvador sud hokimiyati vakillari payshanba kuni.
Funes Nikaraguada 2016 yilning sentabrida qo‘nim topdi. Salvador oliy sudi o‘tgan yilning fevralida ko‘pchilik ovoz bilan Funesga nisbatan noqonuniy yo‘l bilan davlat orttirish bo‘yicha ish qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qildi. Gap taxminan 730 ming dollar haqida bormoqda. Davlat rahbari bu mablag‘lar qanday yo‘l bilan topilganiga oydinlik kiritmagan. Funes Salvador prezidenti lavozimini 2009-2014 yillarda egallagan.
La Prensa gazetasining xabar berishicha, Salvador prokuraturasi Funes himoyasi bilan birgalikda sobiq davlat yetakchisi elchixona binosida javob beradigan savollarni tayyorlaydi, biroq so‘roq aynan qachon o‘tkazilishiga aniqlik kiritilmadi.
Mavzuga oid
17:07 / 31.12.2024
Argentina sudi Nikaragua prezidentini hibsga olishga order berdi
13:52 / 20.04.2024
Isroil va Nikaraguaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
08:10 / 12.09.2023
Samarqandda Nikaragua orqali AQShga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
10:49 / 30.08.2023