Interpol tomonidan qidiruvga berilgan shaxs Nikaraguadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
Gumonlanuvchi boshqa qit’ada yashirinib, jinoiy faoliyat – noqonuniy migratsiya, xorijiy fuqarolarni Lotin Amerikasi orqali AQShga o‘tkazish bilan shug‘ullangan.

Foto: IIV
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Interpol milliy markaziy byurosi xodimlari katta miqdorda firibgarlik sodir etgan shaxsni Managuadan Toshkentga olib keldi.
IIV xabariga ko‘ra, tadbir quyidagi tashkilotlarning qo‘llab-quvvatlashi va hamkorligi natijasi bo‘lgan: O‘zbekiston TIV, AQShning Anqara, Panama, Meksikadagi bojxona va chegara xizmatlari, Rossiya IIVning Nikaraguadagi vakili, AQSh Davlat departamenti Diplomatik xavfsizlik xizmatining Toshkent, Istanbul, Managua, Panama, Meksikadagi xorijdagi jinoiy ishlarni tergov qilish bo‘limlari.
Bildirilishicha, masofa, vaqtdagi katta farq va bir qator sabablarni hisobga olib, ushbu shaxsni tranzit qilish va o‘tkazish bo‘yicha barcha tartiblar bosh kotibiyatning Qo‘mondonlik va muvofiqlashtirish markazi va O‘zbekistondagi Interpol milliy markaziy byurosi tomonidan muvofiqlashtirildi.
Ta’kidlanishicha, gumonlanuvchi boshqa qit’ada yashirinib, jinoiy faoliyat – noqonuniy migratsiya, xorijiy fuqarolarni Lotin Amerikasi davlatlari orqali AQShga o‘tkazish bilan shug‘ullangan.
Barcha jalb qilingan xizmatlarni birlashtirish va hamkorlikdagi sa’y-harakatlar tufayli gumondor qo‘lga olindi, tezkorlik bilan ma’lumot almashish natijasida uni sudga tortish va munosib jazo belgilash uchun O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish va o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Barselona" va "PSJ" qiyinchilik bilan yarimfinalga chiqdi
Sport | 01:53
-
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
O‘zbekiston | 01:32
-
OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda
Fan-texnika | 00:30
-
AQSh ikki oy ichida Suriyadagi qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni boshlaydi
Jahon | 00:07
Mavzuga oid

17:07 / 31.12.2024
Argentina sudi Nikaragua prezidentini hibsga olishga order berdi

16:28 / 20.12.2024
O‘zbekiston Interpol orqali Rasayev va Temirxanovni xalqaro qidiruvga berdi

23:39 / 12.11.2024
Bangladesh Interpoldan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olishda yordam so‘radi

23:05 / 06.11.2024