Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Somali poytaxtida prezident saylovlari arafasida 3 ta portlash yuz berdi
Foto: Reuters
Somali poytaxti Mogadishoda mamlakat prezidentini tanlash bo‘yicha parlament saylovlari arafasida 3 ta portlash yuz berdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Guvohlarning ta'kidlashicha, portlash ovozlari minalar portlashiga o‘xshash bo‘lgan. Hozircha voqea oqibatida qurbonlar va jabrlanganlar haqida hech narsa ma'lum qilinmagan. Shuningdek, birorta guruh ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
8 fevralda Mogadishoda prezident saylovlari bo‘lishi kutilmoqda. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, somalilik deputatlar mamlakat aeroportida yig‘ilib, ovoz berish yo‘li bilan yangi prezidentni tanlaydilar. Shu munosabat bilan aeroportda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.
Shuningdek, shaharda ham xavfsizlik choralari kuchaytiriladi. Avvalroq xavfsizlik nuqtai nazari sababli saylovlar bir necha marotaba keyinga qoldirilib kelinayotgandi.
Somalining qolgan qismlari tan olinmagan tuzilmalar nazorati ostida qolmoqda yoki o‘zini-o‘zi boshqaruvchi hududlar hisoblanadi. Mamlakatning janubi va shimolida mahalliy jamoalar va radikal harakatlar hukmronlik qiladi.
Mavzuga oid
09:50 / 05.12.2025
Gulistondagi portlashdan so‘ng 3 kishi qamoqqa olindi
18:29 / 04.12.2025
Gulistondagi portlashda halok bo‘lganlar oilasiga 100 mln so‘mdan beriladi
21:40 / 03.12.2025
“Yong‘in payti oshxonada odam ko‘p edi” – Gulistondagi portlash joyidan reportaj
17:48 / 03.12.2025