Klopp-Pochettino to‘qnashuvi va APL 25-turining boshqa uchrashuvlari anonsi
11 fevral kuni Angliya premer-ligasining 25-tur o‘yinlariga start beriladi. Tribuna.Uz Yevropaning eng tomoshabop chempionati o‘yinlari anonsi bilan tanishtirib o‘tadi
ARSeNAL — HALL (11 fevral, 17:30, UzReport, Match! Futbol 1)
Ketma-ket ikkita mag‘lubiyatdan keyin «Arsenal» Arsen Vengersiz navbatdagi uchrashuvni Angliyadagi faoliyatini ajoyib tarzda boshlagan «Hall»ga qarshi o‘tkazadi. Ikkala jamoaning barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda so‘nggi 13 uchrashuvida «yo‘lbarslar» birorta ham g‘alaba qozona olishmagan, 11 uchrashuvda mag‘lubiyat uchragan.
«Arsenal» himoyachisi Ektor Bellerin miya chayqalishidan keyin juma kundan boshlab yana mashg‘ulotlarga qaytdi. Uning maydonga tushish-tushmasligini shifokorlar hal qilishadi. Remzi, Kasorla hamon jarohatdan tuzalib safga qaytmagan. Muhammad En-Neni Afrika kubogidan so‘ng ortga qaytdi. «Hall» jarohati sabab, Maykl Douson va Abel Ernandes xizmatidan foydalana olmaydi. Ahmad Al-Muhammadi ham Afrika kubogidagi ishtirokini yakunlab jamoa ixtiyoriga qaytib kelgan.
MANCheSTeR YuNAYTeD — UOTFORD (20:00, Match! Futbol 1)
«Manchester Yunayted» premer-liga doirasidagi 15 uchrashuvdan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Ammo jamoa noyabrdan buyon 6-o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olgani yo‘q. Jamoa bu turda nihoyat yuqoriga ko‘tarilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Joriy mavsumning birinchi davrasidagi uchrashuvda «Yunayted» «Uotford»ga 3:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan.
«MYu» sardori Ueyn Runi kichik og‘riqlardan qutulgan. Markos Roxo ham o‘yinga tushishga tayyor, ammo Fil Jonsni tizzasidan olgan jarohati bezovta qilmoqda. «Uotford»da esa Nordin Amrabat lazaretda qolmoqda, ammo Kristian Kabasele maydonga tushishga tayyor.
MIDLSBRO — EVeRTON (20:00)
«Tottenhem» uchralgan mag‘lubiyatdan keyin, Aytor Karanka jamoasi, gollar shousi uyushtirgan «Everton»ga qarshi maydonga chiqadi. So‘nggi vaqtlarda «Everton» «Riversayd»da juda yaxshi o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. Jamoa bu stadionda navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi. Ikkala jamoaning, barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda, so‘nggi 8 uchrashuvda «Midslbro» biror marta g‘alaba qozona olmagan.
«Midlsbro» shifkorlari o‘yindan oldin Jorj Frend va Gaston Ramiresning maydonga tushish tushmasligini hal qilishi kerak bo‘ladi. Afrika kubogidan qaytgan Idrissa Guyye esa «Everton»ga yana yordam berishi mumkin bo‘ladi.
STOK SITI — KRISTAL PELAS (20:00)
«Selxyorst Park»dagi birinchi davra uchrashuvida «Stok» mavsumdagi eng yomon uchrashuvini o‘tkazib 1:4 hisobida yutqazgandi. O‘tgan turda «Kristal Pelas» ligada qolish uchun kurash olib borayotgan «Sanderlend»ga o‘z uyida 0:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Sem Ellardays jamoasi tez orada o‘ziga kelib olmasa, keyingi mavsumni quyi ligada boshlashiga to‘g‘ri keladi. «Pelas» barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda so‘nggi beshta uchrashuvning barchasi «Stok»dan ustun kelgan.
«Stok» hamon Glen Jonson va Cherdan Shaqirisiz o‘ynashga majbur. Ramazon Subhi esa Afrika Kubogidan qaytib keldi. «Pelas» nihoyat Mamadu Sako va Luki Milivoyevich kabi yangi futbolchilar xizmatidan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Skott Dann hamon jarohatini tiklash bilan band, ammo Jyeff Shlupp safga qaytishga tayyor bo‘lib turibdi.
SANDeRLeND — SAUTHeMPTON 20:00
O‘tgan turdagi ajoyib g‘alaba ham «Sanderlend»ga so‘nggi o‘rinlarni tark etishiga yordam bergani yo‘q. Ammo bu g‘alaba jamoaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini ortishiga sabab bo‘lishi kerak. «Sauthempton» esa juda yomon ahvolda qolgan. Jamoa premer-liganing so‘nggi yetti uchrashuvidan oltitasi mag‘lubiyatga uchradi. Ikkala jamoaning so‘nggi 8 uchrashuvida «Sanderlend» faqat bir marta g‘alaba qozona olgan xolos.
«Sanderlend» tarkibida diskvalifikatsiya muddatini o‘tayotgan Pap Jilobodji va jarohat olgan Jyek Roduell xizmatidan foydalana olmaydi. Jon O'Shi va Adnan Yanuzay esa safga qaytgan. «Sauthempton» tarkibiga rekord darajada transfer bo‘lgan Sofian Bufal jarohati sabab o‘yinda maydonga tusha olmaydi. Jamoadagi eng katta yo‘qotish so‘zsiz Virgil Van Deykning uzoq muddatga safdan chiqqani bo‘lib qolmoqda.
VeST HEM — VeST BROMVICh 20:00
Turnir jadvalida yonma-yon ketayotgan ikki jamoa o‘rtasidagi to‘qnashuv. Jamoalar joriy mavsumda yevrokuboklarga ham da'vogarlik qila olmasa kerak. O‘z navbatida quyi ligaga tushib ketish xavfi ham kam. «Vest Hem» o‘z uyida «Vest Bromvich»ga qarshi premer-liga doirasidagi so‘nggi yetti uchrashuvda biror marta mag‘lubiyatga uchramagan, besh marta g‘alaba qozongan.
«Vest Hem»da Endi Kerroll va Aaron Kressuellni kichik jarohatlar bezovta qilmoqda. Anjyelo Ogbonna va Diafra Sako esa ularning o‘rnini egallashga tayyor. «Vest Bromvich»da beshta uchrashuvdagi tanaffusdan so‘ng Jonni Evans safga qaytishi kutilmoqda. Klaudio Yakob ham muammolaridan qutulgan.
LIVeRPUL — TOTTeNHEM (22:30, UzReport, Match! Futbol 1)
2017 yilda 10 uchrashuvda faqatgina bir marta g‘alaba qozongan «Liverpul» barcha davrlardagi antirekordlarini yangilab bo‘ldi. «Qizillar» chempionlikdan umidini uzib bo‘lishdi va endi YeChL yo‘llanmasi uchun kurashishlariga to‘g‘ri keladi. «Tottenhem» esa «Chelsi»ga qarshilik ko‘rsatishi mumkin salkam yagona jamoa bo‘lib qolmoqda. Ikkala jamoa ishtirokida barcha musobaqalardagi so‘nggi 9 uchrashuvda «shporlar» biror marta ham g‘alaba qozona olishmagan, olti mag‘lubiyat uch durang.
«Liverpul» himoyasida muammolar kuzatilishi davom etmoqda. Deyan Lovren va Ragnar Klavanning holati murabbiylar shtabini bezovta qilmoqda. «Tottenhem»da esa Yan Vertongen va Danni Rouz jarohati sabab hamon maydonga tusha olmayapti. Erik Lamelada ham xuddi shunday holat. Kiran Tripper esa safga qaytgan.
BYoRNLI – CheLSI (12 fevral, 18:30, UzReport, Match! Futbol 1)
Shon Daych shogirdlari 2016 yil 26 noyabrdan buyon o‘z uyida o‘tkazgan birorta uchrashuvda raqiblariga ochko bermagan. Yetti uchrashuvda g‘alaba qozongan jamoa so‘nggi marta 31 dekabrda o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yuborgan. Biroq jamoaning mehmondagi uchrashuvlari juda yomon.
«Chelsi» esa mehmonda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Jamoa safardagi 12 uchrashuvda 26 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Bu APLdagi eng yaxshi ko‘rsatkich sanaladi. «Byornli» Angliya chempionati doirasida «Chelsi»ni so‘nggi marta 44 yil muqaddam 1973 yilda mag‘lubiyatga uchratgan xolos.
SUONSI – LeSTeR (12 fevral, 21:00, UzReport, Match TV)
«Suonsi» so‘nggi uchta uchrashuvning ikkitasi «Liverpul» va «Sauthempton»dan ustun kelgan bo‘lsa, «Manchester Siti» uyida so‘nggi daqiqalarda durangni qo‘ldan chiqardi. Jamoa bosh murabbiy Klement yangi klubga kelgan oyidayoq premer-ligada eng yaxshi bo‘la oldi.
«Lester»da esa hammasi joyida deb bo‘lmaydi. Jamoa APL doirasidagi so‘nggi 4ta uchrashuvda ketma-ket mag‘lubiyatga uchradi. 5 uchrashuvdan buyon g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Raneri jamoasi mehmonda o‘tkazgan 12ta uchrashuvning birortasida g‘alaba qozona olmagan, 9ta mag‘lubiyat.
BORNMUT – MANCheSTeR SITI (14 fevralga o‘tar kechasi, 01:00, UzReport, Match! Futbol 1)
«Bornmut» juda qiyin davrlarni boshdan o‘tkazmoqda. Jamoa APL doirasidagi so‘nggi beshta uchrashuvning barchasida mag‘lub bo‘lgan. So‘nggi turdagi uchrashuvda jamoa « «Everton»dan oltita gol o‘tkazib yubordi.
Pep Gvardiola jamoasida esa yangi umid uchquni bo‘lib xizmat qilayotgan Gabriel Jyezus paydo bo‘ldi. So‘nggi ikki uchrashuvda 3ta gol va 1ta golli uzatma muallifi bo‘lgan braziliyalik futbolchi jamoaning g‘alabali seriyasini boshlashida ko‘maklashdi. Ammo jamoa mehmondagi uchrashuvlarda yaxshi o‘yin ko‘rsata olmayapti. Jamoa 12ta uchrashuvning 4tasida mag‘lub bo‘lgan. Shularning uchtasi so‘nggi beshta safar o‘yinida qayd etilgan.
Mavzuga oid
15:13 / 05.10.2024
«Real» noqulay raqibga qarshi, ten Hagning taqdiri tikilgan o‘yin, Bundesligada peshqadamlar to‘qnashuvi. Hafta o‘yinlari anonsi
13:53 / 29.08.2024
Palmerdan Meynugacha: APL klublarining «javohirlar»i
22:07 / 16.08.2024
APLda yangi mavsum boshlanmoqda. Kuchli to‘rtlikda o‘zgarishlar bo‘ladimi?
17:11 / 27.04.2024