Sport | 22:02 / 13.02.2017
15178
2 daqiqa o‘qiladi

ATP’ning yangilangan reytingi: Istomin yana yuqoriladi

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ATP reytingida yana yuqoriladi. Avstraliya Ochiq chempionatidan keyin u kuchli yuzlikka qaytgandi, 2 hafta muqaddam oldin u 80-pog‘onaga, 1 hafta oldin esa 77-pog‘onaga joylashdi.

Bu haftada yangilangan reytingda Denis Istomin yana bir pog‘ona yuqorilab, 76-o‘ringa chiqqan.

Devis kubogida O‘zbekiston termasini keyingi bosqichga olib chiqqan Istomin ayni kunlarda Niderlandiyada. U Rotterdam shahrida bo‘lib o‘tayotgan turnirning ilk o‘yinida britaniyalik Alyaj Bedenega imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Musobaqa tashkilotchilari Avstraliya Ochiq chempionatida o‘zini ko‘rsatgan sportchini imtiyozli yo‘llanma bilan olib qolishga qaror qilishdi.

Endilikda, Istomin navbatdagi bosqichga yo‘llanma olishi uchun Alyaj Bedenega qarshi yana bir bor kortga chiqadi. Bellashuv 13 fevral tunida bo‘lib o‘tadi.

ATP’ning kuchli o‘nligi esa quyidagicha:
1 (1). Endi Marrey (Buyuk Britaniya) – 11 540.
2 (2). Novak Jokovich (Serbiya) – 9825.
3 (3). Stanislas Vavrinka (Shveytsariya) – 5695.
4 (4). Milosh Raonich (Kanada) – 4930.
5 (5). Key Nisikori (Yaponiya) – 4625.
6 (6). Rafael Nadal (Ispaniya) – 4295.
7 (7). Marin Chilich (Xorvatiya) – 3470.
8 (8). Dominik Tim (Avstriya) – 3405.
9 (10). Rodjyer Federer (Shveytsariya) – 3260.
10 (9). Gael Monfis (Fransiya) – 3145.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid