Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istomin Australian open turniridagi muvaffaqiyatlar evaziga ATR reytingida 37 pog‘ona yuqoriladi
O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Melburnda bo‘lib o‘tgan «Ulkan Toj» turkumidagi yilning dastlabki musobaqasi - Australian open-2017 turniridan so‘ng jahon reytingining kuchli yuzligidan joy olgan tennischilar orasida eng katta o‘sishga erishdi va 37 pog‘ona yuqorilab, 117-o‘rindan 80-pog‘onaga ko‘tarildi.
Istomin turnirning 4-bosqichiga yetib borib faqatgina jarohati sabab chorak final ostonasida yurishini to‘xtatgan edi. Ammo shunga qaramasdan u dastlab xorvatiyalik Ivan Dodigni, ikkinchi bosqichda jahonning ikkinchi raketkasi serbiyalik Novak Jokovichni, uchinchi bellashuvda esa ispaniyalik Pablo Karreno Bustani mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi. Ammo 4-bosqich bahsida kutilmaganda orttirib olingan jarohat Istominga to‘liq kuch bilan o‘ynash imkonini bermadi va u bolgariyalik Grigor Dimitrovga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.
Australian open-2017 turniridagi ishtirokidan so‘ng Denis Istomin o‘z hisobiga 220 000 AQSh dollarini qo‘shib qo‘ydi. Shuningdek, u 180 reyting ochkolariga ega bo‘lib, o‘z hisobidagi ochkolar sonini 668taga yetkazdi. Natijada Denis 117-o‘rindan 80-pog‘onaga ko‘tarildi.
Bu mavsum davomida Denis Istomin jarohatidan qutulsa, «Ulkan toj» turkumidagi navbatdagi turnirlar bo‘lmish Roland Garros, Wimbledon va US Open musobaqalarida ham ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:20 / 06.11.2017
Novak Jokovich 10 yil ichida birinchi marta ATR ’ning yuqori o‘ntaligiga kira olmadi
11:32 / 02.10.2017
Denis Istomin ATR reytingida yuqoriladi
22:02 / 13.02.2017
ATP’ning yangilangan reytingi: Istomin yana yuqoriladi
15:44 / 05.02.2017