Sport | 10:08 / 14.02.2017
7729
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya Kubogi finali Madridda bo‘lib o‘tadi

Ispaniya kubogining 2016/2017 yilgi mavsumi final uchrashuvi o‘tkaziladigan joy nomi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi xabar tarqatdi.

«Barselona» va «Alaves» uchrashadigan final o‘yini Madriddagi «Visente Kalderon» stadionida o‘tkaziladi.

Ispaniya kubogining 2016/17 yilgi mavsumdagi hal qiluvchi uchrashuvi 27 may kuni o‘tkaziladi. «Atletiko» uchrashuvni o‘z stadionida qabul qilishga rozilik bergan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, «Atletiko» yangi qurib bitkazilayotgan stadionida har doim kubok finallarini o‘tkazishni taklif qilib chiqqandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid