Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaning Antaliyasiga 2017 yilda qancha sayyoh kelishi mumkin?
Turkiyaning Antaliya shahriga 2017 yilda taxminan 8 million xorijiy sayyoh tashrif buyurishi kutilmoqda. Ularning ko‘p qismi Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan kelishi mumkin.
Rossiyalik turistlar yana Turkiyada hordiq chiqarishmoqda, va bundan oldindan bronlangan turlar soni darak beradi, deb xabar qildi “Anadolu” agentligi Turkiya professional mehmonxonalar assotsiatsiyasi rahbari Hoqon Duronga asosan.
“2016 yilda Antaliyaga 5,7 million xorijlik turist tashrif buyurdi. 2017 yilda Antaliyaga 7,5-8 million turist kelishini kutayapmiz”, - deya aytib o‘tdi Duron.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaga Yevropa mamlakatlaridan kelayotgan sayyohlar sonining kamayishiga qaramay, Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan bo‘lgan turistlar hajmi ortishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
01:20 / 30.03.2026
Turkiya kurdlarni Eronga qarshi urushga qo‘shilishdan ogohlantirdi – OAV
22:32 / 28.03.2026
Turkiyada ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
21:02 / 25.03.2026
Turkiya arab davlatlarini Eron bilan urushmaslikka ko‘ndirmoqchi
16:36 / 21.03.2026