Sport | 13:52 / 15.02.2017
15088
2 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» futbolchilari va Luis Enrike o‘rtasida yangi muammo paydo bo‘ldi

«Barselona» futbolchilari YeChLning 1/8 final bosqichi doirasida «PSJ»ga qarshi o‘yindan keyin jamoa bosh murabbiyi Luis Enrikega bo‘lgan ishonchni butunlay yo‘qotishdi. Bu haqda Cadena CORe xabar tarqatdi. 

Bundan tashqari, «ko‘k-anorranglilar» futbolchilari mavsum yakunida Luis Enrike o‘z lavozimini tark etishiga ishonchi komil bo‘lib turishibdi. Ular hozirgi holatda murabbiy vaziyatni o‘zgartira olmaydi, deb hisoblashmoqda.

«Barselona» «PSJ»ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Kataloniyaliklar bu bahsni har tomonlama imkoniyatni boy berishdi. Buni jamoaning o‘zi ham tan oldi. Javob uchrashuvi 8 mart kuni bo‘lib o‘tishi lozim. 

Luis Enrikening «Barselona» bilan shartnomasi 2017 yilning yozida yakuniga yetadi. Avvalroq, u aprel oyigacha o‘zining kelajagi borasida bir qarorga kelmasligini ta'kidlagandi. Klub rahbariyati esa murabbiy bilan shartnomani uzaytirish niyatida ekani bildirgan.

Mavzuga oid