Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Intel’ning dronlar shousida o‘rnatgan rekordi xitoyliklar tomonidan yangilandi
O‘tgan yilning noyabr oyida Intel bir safda uchuvchi dronlar soni bo‘yicha o‘z rekordini yangilagandi. O‘shanda kompaniya 500 ta dronni bir vaqtda havoga parvoz qildirgan, biroq endi ularning bu muvaffaqiyati endi dolzarb emas. Bu borada Intel’ning rekordini Xitoyning Guanchjou shahri yangiladi. Bu yerda Xitoyning yangi 4715 yilining nishonlanishini yakunlovchi fonuslar festivaliga bag‘ishlangan 15 daqiqalik tungi yorug‘lik shousida 1000 dron birvarakayiga havoga ko‘tarildi.
Shou vaqtida rangini o‘zgartiruvchi barcha Ehang Ghost Drone 2.0 dronlari to‘qnashib ketmasligi uchun bir-biridan 1.5 metr uzoqlikda uchgan. Bunda dronlardan tashkil etilgan yorug‘lik polotnosining balandligi 120 metr, eni esa 280 metr bo‘lgan. Dronlarning barchasi masofadan bir kompyuter yordamida boshqarilgan. Tomosha vaqtida tomoshabinlar u yerda kirib kelgan yangi yil ramzi bo‘lgan xo‘rozni, Xitoy xaritasini va omad keltiruvchi iyeroglifini ko‘rganlar.







Mavzuga oid
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026