Jahon | 07:53 / 16.02.2017
5308
2 daqiqa o‘qiladi

Tailandda jiddiy YTH sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

Tailand shimolida sement tashuvchi yuk mashinasining mikroavtobus bilan to‘qnashib ketishi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, to‘rt nafar inson jarohatlandi. Hodisada shuningdek pikap va yengil avtomobil ham ishtirok etgan, deb xabar berdi "Kxom Chat Lik" gazetasi.

Halokat chorshanba kuni Bangkok shimolidagi Chiangray viloyatida yuz berdi. Tsement tashuvchi mashina haydovchisi uning yo‘lini to‘sib chiqqan mototsikl bilan to‘qnashuvdan qochish maqsadida rulni burib yubordi hamda transport vositasi yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketdi, deb xabar qiladi nashr.

Oqibatda sement tashuvchi transport vositasi ichida sakkiz nafar yo‘lovchi bo‘lgan mikroavtobus bilan to‘qnashib ketdi. Mikroavtobusdagi barcha kishilar hamda sement olib ketayotgan yuk mashinasi haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi, deb xabar qildi gazeta. Mikroavtobus ketidan kelayotgan hamda to‘xtashga ulgurmagan ikki avtomobilda bo‘lgan to‘rt nafar inson turli darajadagi jarohatlarini olib, yaqin oradagi kasalxonaga olib ketildi, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid