Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angela Merkel Qurbonjon dodxoh ordeni bilan taqdirlandi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Germaniya kansleri Angela Merkelni Qurbonjon dodxoh ordeni bilan taqdirladi. Marosim bugun bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama uchrashuv davomida o‘tkazildi, deb xabar beradi 24.kg nashri.
Ushbu orden Merkelga Qirg‘iziston va Germaniya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun topshirildi.
Bundan tashqari, Qirg‘iziston prezidenti Angela Merkelga mamlakatga uyushtirgan so‘nggi tashrifidan olingan fotosuratlar bo‘lgan albomni ham topshirdi.
Avvalroq Germaniyaning Myunxen shahriga yetib kelgan Qirg‘iziston prezidenti Soros jamg‘armasi asoschisi bilan uchrashmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
15:22
Germaniyada Suriya rahbari ash-Shar’aning tashrifiga qarshi aksiyalar o‘tkaziladi
14:16
Tramp tahdidlari fonida nemis harbiylari Grenlandiyani tark etdi
10:20
Trampning 10 foizlik boj tahdidi: Berlindan keskin bayonotlar
20:15 / 18.01.2026