Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda Tramp nomli golf-klubning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
BAAdagi elita ko‘chmas mulkini qurish bilan shug‘ullanuvchi yetakchi Damac Properties kompaniyasi o‘zining Dubaydagi Damac Hills loyihasida Trump International Golf Club Dubai'ni rasman ochiq deb e'lon qildi. TradeArabia shu haqida xabar berdi.
Golf-klubning ochilish marosimida nufuzli mehmonlar, shu jumladan AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning o‘g‘illari - Trump Organization ijrochi vitse-prezidenti Erik Tramp va kenja Donald Tramp ishtirok etishdi.
Trump International Golf Club Dubai inshooti Sheikh Zayed Road'dan 10 daqiqalik masofada joylashgan bo‘lib, 42 million kvadrat fut maydondagi loyihaning qoq markazini egallagan.
Manbada ta'kidlanishicha, golfning yangi maydoni kutilganidan-da a'lo chiqqan. U golf maydonlarini yaratish bo‘yicha dunyoga mashhur Gil Xanz tomonidan loyihalashtirilgan. 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari obektlari loyihasi ham shu inson tomonidan yaratilgan.
Damac Properties raisi Husayn Sajvoniy ochilish marosimida so‘zga chiqar ekan, shunday dedi: "Bu xalqaro golf maydoni hozirgina dunyoning eng nufuzli golf maydonlariga qatoriga qo‘shildi".
"Bu Dubaydagi ko‘p sonli diqqatga sazovor joylar safini to‘ldirib turuvchi yana bir ajoyib maskandir", - qo‘shimcha qildi u.
Tramp esa, o‘z o‘rnida shunday dedi: "Biz Dubaydagi bunday muhim hodisaning bir qismi ekanimizdan juda xursandmiz. Dubaydagi Trump International Golf Club- bizning butun dunyodagi 18 nufuzli golf maydonidan iborat kolleksiyamizni to‘ldirib turadi".
U Damac Properties bilan hamkorligidan faxrlanishini qo‘shimcha qilgan.
Trump International Golf Club ochilishi munosabati bilan katta mushakbozlik bo‘lib o‘tdi.
Damac Hills 4 mingdan ortiq hashamatli villa va 7,5 ming turar joy, golf maydoni, shuningdek mehmonxona, ajoyib do‘konlar, spa - va velnes-markazlar, ko‘ngilochar maskanlar, restoran va kafelardan iyuborat.
Mavzuga oid
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
19:38 / 02.05.2026
BAA havo hududini to‘liq ochganini e’lon qildi
08:40 / 31.03.2026