Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Somali poytaxtidagi portlashda halok bo‘lganlar soni 35 kishigacha yetdi
Somali poytaxti Mogadishodagi bozorda sodir etilgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 35 kishigacha yetdi, 40 ga yaqin kishi jarohat olgan. Bu haqda DPA axborot agentligi xabar bermoqda.
Guvohning aytishicha, terakt qurbonlari orasida kamida 10 ayol, bir qancha bolalar bo‘lgan.
Avvalroq Reuters axborot agentligi portlash oqibatida 18 kishi halok bo‘lgani va 25 kishi jarohat olganini ma'lum qilgandi.
Shahar okrugi rahbari Vadadjir Ahmad Afraksning aytishicha, portlashga yuk mashinasiga yashirilgan bomba sabab bo‘lgan.
Hozircha birorta terrorchilik tashkiloti ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Somalida "Al-Qoida" terrorchilik tashkiloti bilan yaqin aloqalarga ega bo‘lgan "Ash-Shabob" radikal guruhi harakat qiladi. Ushbu guruh Somali hukumatiga qarshi kurash olib boradi va BMTning gumanitar faoliyatiga qarshilik qo‘rsatib keladi.
Mavzuga oid
17:16 / 01.06.2026
Maltadagi pirotexnika zavodida kuchli portlash ro‘y berdi
22:04 / 31.05.2026
Myanmada binoda yuz bergan portlash oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
11:57 / 17.05.2026