Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonlik maktab o‘quvchilariga kamroq uy vazifasi beriladigan bo‘ldi
Qozog‘iston Respublikasi Parlament majlisida ta'lim va fan vaziri Yerlan Sagadiyev maktab o‘quvchilariga beriladigan uy vazifalari hajmining kamaytirilishi haqida ma'lum qildi. Zakon.kz saytida shu haqida xabar berildi.
"Bizning maktab o‘quvchilarimizning uy vazifalarini bajarishga ketadigan vaqt 65 mamlakat ichida 4-o‘rinni egallaydi. Halqaro tahlil uy vazifalari hajmi va ta'limdagi yutuqlar orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik yo‘qligini ko‘rsatadi. O‘quv jarayonini to‘g‘ri shakllantirib, uy vazifasini qisqartirish mumkin va kerak", - dedi u.
Idorada ta'kidlanishicha, bu masala yuzasidan o‘qituvchi va mutaxassislardan iborat ikki yirik guruh ish olib borgan.
"Bu yerda ikki xil variant taklif qilinmoqda. Birinchisi - barcha predmetlar bo‘yicha uyga vazifa berish, lekin kamroq. Ikkinchisi - uyga vazifa berish, lekin barcha predmetlardan emas", - deya ma'lum qildi Ye.Sagadiyev.
"Ikki holatda ham uy vazifasi kuniga o‘rtacha bir soatga qisqartiriladi, dam olish kunlariga uyga vazifa berilmaydi. Bugun bu masala pedagog va ota-onalar muhokamasiga qo‘yilgan. Shundan kelib chiqqan holda bir xulosaga kelinadi", - deya so‘zlarini yakunladi vazir.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025