Sport | 20:18 / 22.02.2017
9009
6 daqiqa o‘qiladi

YeChLdagi kamtarlar bahsi. 1/8 finalning so‘nggi uchrashuvi haqida

YeChL nimchorak finalning eng kuchsiz juftligi sifatida «Sevilya» va «Lester» qarama-qarshiligi tilga olinmoqda. Aslida ham shundaymi? Tribuna.Uz bu savollarga javob topishga urinib ko‘radi.

O‘yindan oldin
Sevilya

O‘tgan haftada «Sevilya» atrofida gap-so‘zlar keng tarqaldi. «Barselona»ning muvaffaqiyatsizligidan keyin aynan andalusiyaliklar bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli jamoani boshqarishi mumkinligi aytildi. Ammo bu ish amalga oshgan taqdirda ham faqat yozda sodir bo‘lishi mumkin. Jamoa chempionatda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. So‘nggi uch uchrashuvda jamoa darvozasidan to‘p olib chiqmadi. Ikkitasida g‘alaba qozondi. Jamoa «Real» va «Barselona»dan ortda qolmaslik maqsadida bor kuchi bilan harakat qilmoqda.

Lester

«Lester»da esa vaziyat butunlay boshqacha. Jamoa yangi yildan buyon APL doirasidagi uchrashuvlarda umuman gol kirita olmadi. Oltita o‘yinning beshtasi imkoniyat boy berildi. Hozirga kelib 17-o‘rindagi jamoani APL xavfli zonasidan bir ochko ajratib turibdi. Klaudio Raneri esa futbolchilariga ishonishi va amaldagi chempion quyi ligaga tushib ketmasligini ta'minlay olishini aytmoqda.

O‘zaro o‘yinlar
Ikkala jamoa shu kunga qadar biror marta to‘qnash kelmagan. YeChL doirasidagi o‘yin ikkala raqibning tarixiy to‘qnashuviga aylanadi.

O‘yin atrofidagi qiziqarli faktlar

– «Sevilya» o‘z tarixida faqatgina bir marta Chempionlar ligasi chorak finaligacha yetib borgan. Jamoa 1957/1958 yilgi mavsum chorak finalida musobaqaning bo‘lajak g‘olibi «Real»dan mag‘lub bo‘lgan;
– YeChL nimchorak finalidagi boshqa ikki ishtirokida esa «Fenerbahche» (2008) va Moskvaning «TsSKA» (2010) klublariga mag‘lub bo‘lgan.
– andalusiyaliklar Yevrokuboklarda 2016 yilda o‘z uyida o‘tkazgan 7 o‘yinidan 5 tasida g‘alaba qozongan, jumladan YeChL guruh bosqichida Zagrebning «Dinamo»si va «Lion» mag‘lub etilgan. Ikki mag‘lubiyatdan biri ham aynan guruh bosqichida «Yuventus»dan qabul qilib olingan;
– ingliz jamoalaridan o‘z maydonida qabul qilingan ilk mag‘lubiyat 2015/2016 yilgi Chempionlar ligasi guruh bosqichiga to‘g‘ri keladi. O‘shanda jamoa «Manchester Siti»ga imkoniyatni boy bergandi — 1:3
– APL klublariga qarshi pley-off bosqichida «Sevilya» hozirgacha faqat bir marta to‘qnash kelgan: 2006/2007 yilgi UYeFA Kubogi chorak finalida «Tottenhem» mag‘lub etilgan.
– andalusiyaliklarning Yevropa Ligasi finalidagi g‘alabalarining ikkitasi ingliz jamoalari ustidan qozonilgan: «Midlsbro» (2006) va «Liverpul» (2016).

– «Lester» o‘z tarixida ilk marta Yevropa musobaqalarida mavsumning ikkinchi yarmida ham ishtirok etmoqda
– Angliyaning amaldagi chempioni ushbu mavsumda guruh bosqichida mehmonda o‘tkazgan dastlabki ikki o‘yinida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Biroq nimchorak finalga chiqqani aniq bo‘lgach o‘tkazilgan «Portu»ga qarshi bahsda esa 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchragan.
– jamoa pley-off tizimida o‘tkazgan 4 bahsining faqat 1 tasida ustun kelgan: 1961/1962 yilga mavsum Kubok egalari kubogi saralash bosqichida Shimoliy Irlandiyaning «Glenavon» klubidan ustun kelingan. Qolgan uch bahsning ikkitasi esa ispan jamoalariga qarshi kechgan: Madridning «Atletiko» klubi «tulkilar»ni 1961/1962 yilgi Kubok egalari kubogi birinchi bosqichida va 1997/1998 yilgi UYeFA Kubogi birinchi bosqichida musobaqadan chiqarib yuborgan.
– «Lester» ustozi Klaudio Raneri «Valensiya» va «Atletiko» murabbiyi sifatida ikki amrta «Sevilya»ga yutqazgan (2000 va 2004 yilda). Raneri Yevropa musobaqalarida so‘nggi marta ispan jamoasiga qarshi aynan «Valensiya» bosh murabbiyi sifatida bahsga kirishgan: 1998 yilda Intertoto kubogi doirasida «Espanol» mag‘lub etilgan. Raneri «Napoli» bosh murabbiyi sifatida 1992/1993 yilgi UYeFA Kubogi birinchi bosqichida «Valensiya»dan ustun kelib, «Fiorentina» ustozi sifatida 1996/1997 yilgi Kubok egalari kubogi yarim finalida «Barselona»ga yutqazgan.

Yo‘qotishlar
Mezbonlar tarkibida uch nafar futbolchi Benua Tremulinas, Mikael Kron-Deli va Nikolas Parexa uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Uch futbolchida ham jarohat mavjud. «Lester»da esa bunday futbolchilar yo‘q. Faqatgina murabbiy Klaudio Raneri hozirgi paytda kim asosiy tarkibda maydonga tushishga munosib ekanini aniqlab olishi kerak.

Taxminiy tarkiblar
Sevilya:
1. Riko, 18. Eskudero, 23. Rami, 5. Langle, 3. Mariano, 15. N'Zonzi, 8. Iborra, 20. Vitolo, 10. Nasri, 22.Vaskes, 16. Yovetich.
Lester: 1. Shmeyxel, 17. Simpson, 5. Morgan, 6. Hut, 28. Fuks, 26. Mahrez, 25 N‘didi, 4. Drinkuoter, 11. Olbrayton, 9. Vardi, 19. Slimani.

Mavzuga oid