Sport | 08:54 / 22.02.2017
4625
1 daqiqa o‘qiladi

Messi xayriya tadbirini qo‘llab-quvvatlash uchun Misrga tashrif buyurdi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi 21 fevral kuni Misr poytaxti Qohiraga tashrif buyurdi, deb yozmoqda Egypt Independent nashri.

Manbaga ko‘ra, futbolchi mamlakatda tashkil qilingan Gepatit S (o‘zimizni tilda sariq kasal) kasalligiga qarshi kurashish bo‘yicha kampaniyani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etgan.

Argentina terma jamoasi futbolchisi bu ishni o‘tgan haftada amalga oshirishi mumkin edi. Biroq «PSJ»dan uchralgan 0:4 hisobidagi mag‘lubiyat futbolchining rejalarini o‘zgartirgandi.

Manbada shuningdek, Messining tashrifi kechikishi aksiyaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshishiga sababchi bo‘lgani yoziladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid