O‘zbekiston | 18:10 / 22.02.2017
8264
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Oliy Majlis va siyosiy partiyalarning roli oshiriladi

Foto: Kun.uz

22 fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini riaojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi"ni "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi"ning bajarilishi ustidan keng jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda OAVning roli" mavzusida respublika anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Unda Harakatlar strategiyasining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha davlat organlari vakillari so‘z yuritishdi. 

1-yo‘nalish: "Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari". Bu yo‘nalishda davlat hokimiyati tizimida quyidagi ustuvor vazifalar belgilab olingani ma'lum qilindi:

⦁  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi rolini kuchaytirish; 
⦁  qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan yaxshilash; 
⦁  siyosiy partiyalar rolini oshirish. 

Yuqorida qayd etilgan ustuvor vazifalar fuqarolar manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan qonunlarning qabul qilinishida muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.  Mazkur tarixiy hujjat orqali davlat xizmatini isloh qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish, davlat va xususiy sektorlar hamkorligining zamonaviy shakllari muhim chora-tadbirlarning ro‘yobga chiqarilishini alohida e'tirof etish joiz. Natijada bular davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda aholi o‘rtasida mustahkam ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi, shu bilan birga xalqimizga munosib turmush sharoitini yaratadi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid