Sport | 09:20 / 23.02.2017
3815
3 daqiqa o‘qiladi

Vardining goli «Lester»ni mag‘lubiyatdan qutqara olmadi

Ispaniyaning «Sevilya» jamoasi Chempionlar ligasi 1/8 finali birinchi uchrashuvi doirasida APLning o‘tgan mavsumdagi chempioni «Lester Siti»ni mag‘lub etdi. Sevilyadagi «Ramon Sanches Pisxuan» o‘yingohida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi. 

O‘yinning 14-daqiqasida Ues Morgan to‘pni jarima maydonidan chiqarib yuborishga uringan vaqtda, to‘p o‘rniga Xoakin Korrea oyoqlarini nishonga oldi. Natijada jabrlanuvchining o‘zi 11 metrlik nuqtaga to‘pni joylashtirdi. Biroq, Kasper Shmeyxel to‘pni qaytardi. O‘yinning ilk 30 daqiqasi poyoniga yetayotgan vaqtda Serxio Eskudero to‘pni chap qanotdan jarima maydoniga yetkazib berdi, Pablo Sarabiya boshi bilan bexato o‘ynadi. To‘p ustunga tegib darvoza to‘ridan joy oldi. 

62-daqiqada Stevan Yovetich Morganni bir necha marta aldab, to‘pni yordamga yetib kelgan Korreaga ajoyib tarzda yetkazib berdi. Korrea penaltida yo‘l qo‘ygan xatosini yangilamadi. Hisob mezbonlar foydasiga 2:0 ko‘rinish oldi. O‘yinning 74-daqiqasida qarshi hujumni amalga oshirayotgan Lester o‘yinchisi Deniyel Drinkuoter chap qanotda to‘pni qabul qilib olib, raqib jarima maydoniga yetkazib berdi. Bu yerda Jyeymi Vardi birinchi bo‘ldi va to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. 

Sevilya – Lester 2:1
Gollar:
1:0 – 25 Sarabiya, 2:0 – 62 Korrea, 2:1 – 73 Vardi.
Sevilya – Riko, Mariano, Rami, Langle (Karrisu, 55), Eskudero, Nzonzi, Nasri, Sarabiya, Korrea (Iborra, 63), Vitolo, Yovetich.
Lester – Shmeyxel, Simpson, Morgan, Xut, Fuks, Ndidi, Drinkuoter, Musa (Grey, 58), Marez, Olbrayton (Amarti, 88), Vardi.
Ogohlantirishlar: Eskudero (77), Karrisu (90).

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid