Jahon | 21:32 / 25.02.2017
9214
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp o‘z tarafdorlarini tarixdagi eng yirik namoyishga chorladi

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z tarafdorlariga tarixdagi eng yirik namoyish o‘tkazishni taklif qildi.

Trampning aytishicha, uning siyosatini qo‘llab-quvvatlovchi amerikaliklar soni shunchalik ko‘pki, agar ularning barchasi namoyishga chiqsalar, u eng yirik namoyish bo‘ladi.

"AMeRIKANI YaNA BUYuK QILISh"ga (Trampning saylovoldi shiori) ovoz bergan millionlab odamlar namoyishga chiqishlari kerakdir. U barcha namoyishlar ichida eng yirigi bo‘ladi!", deb yozdi Tramp tvitterda.

Trampga qarshi AQShda, G‘arbning turli davlatlari va Yaqin Sharqda muntazam asosda namoyishlar o‘tmoqda.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid