Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi fuqarolarining Buyuk Britaniyada yashashga huquqi cheklanishi mumkin
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Brexit jarayoni boshlanishi e'lon qilingandan keyin Birlashgan Qirollik hududida Yevropa Ittifoqi fuqarolarining yashash huquqlarini cheklamoqchi. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.
Nashr manbalarining ta'kidlashicha, hukumat mamlakatning YeI tarkibidan chiqishi boshlangandan keyin unga "Bolgariya va Ruminiyaning yarim aholisi" kirib olishi mumkinligidan xavotirlanmoqda.
Ma'lum qilinishicha, bu chora 2017 yil 15 martdan boshlab kiritiladi. Bu sanadan keyin Yevropa Ittifoqining Buyuk Britaniyaga takror kelgan fuqarolari doimiy yashash huquqidan mahrum etiladilar.
Shu bilan birga Yevropa pasportlariga ega bo‘lgan va Buyuk Britaniyada yashayotgan 3,6 mln kishi mamlakatning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi yakunlangungacha unda qolishlari mumkin bo‘ladi. Buyuk Britaniya hukumati Bryussel tomondan Yevropa Ittifoqida yashovchi 1,2 britaniyalikka nisbatan ham shunday choralar ko‘rilishiga umid qilmoqda.
O‘tgan yil noyabrda Mey Yevropa Ittifoqi bilan Brexit bo‘yicha rasmiy muzokaralarni 2017 yil mart oyi oxirida boshlamoqchiligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026