O‘zbekiston | 20:24 / 28.02.2017
8872
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Nyu-Yorkka parvozlar sonini oshiradi

Foto: «O‘zbekiston havo yo‘llari»

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Toshkentdan Riga orqali Nyu-Yorkka bo‘ladigan muntazam parvozlar sonini oshiradi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lumot uchun, bugunga qadar Toshkentdan Nyu-Yorkka parvozlar har haftaning yakshanba kunlarida amalga oshirilayotgan edi.

Endilikda, 30 martdan boshlab haftaning payshanba kunlarida ham Nyu-Yorkka reys bo‘ladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid