Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Turkiyaning Raqqani ozod qilishdagi ishtiroki bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
AQSh Turkiya bilan Suriyaning Raqqa shahrini IShID jangarilaridan ozod qilish operatsiyasida Anqaraning ishtirok etishi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Iroq va Suriyada IShIDga qarshi xalqaro operatsiya qo‘mondoni, amerikalik general-leytenant Stiven Taunsend ma'lum qildi.
"Biz Turkiya bilan uning Raqqani ozod qilishda ishtirok etishi bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etmoqdamiz. Men ularning qo‘shinlari qanchalik katta bo‘lishini bilmayman", deb aytgan Taunsend.
Bundan avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara operatsiyada ishtirok etishi mumkinligini aytgan. "Koalitsiya, Rossiya bilan kelishuv asosida zarurat bo‘lsa, biz tomondan Raqqada qadamlar ko‘rilishi mumkin", deb aytgan Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘anning aytishicha, Anqara terrorchilik tashkiloti deb hisoblaydigan suriyalik kurdlar mudofaa kuchlari Suriyaning Manbij shahrini tark etib, Frot dengizining sharqiy sohillariga chekinishi kerak.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026