Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQSh yangi do‘stlar izlashini ma'lum qildi
AQSh yetakchisi Tramp Amerika Kongressi oldida ma'ruza qilar ekan, "NATOni qat'iy ravishda qo‘llab-quvvatlashi"ni bildirdi.
"Biroq, buning uchun bizning hamkorlarimiz o‘zlarining moliyaviy majburiyatlarini bajarishlari kerak. Endilikda, juda keskin va oshkora ruhdagi bahs-munozaralardan so‘ng, ular shunday qilmoqda", - deb ta'kidladi Oq uy rahbari.
AQSh, shuningdek, umumiy manfaatlar doirasida yangi ittifoqchilar va hamkorlarni topishi mumkin.
"Amerika umumiy manfaatlar bo‘lgan joyda yangi do‘stlar topish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga tayyor", - dedi Tramp. Uning so‘zlariga ko‘ra, "mojarolar ko‘p emas, kam bo‘lganida" AQShga yaxshi bo‘ladi.
Trampning uqdirishicha, "bugungi kunda Amerika sobiq dushmanlari bilan do‘stlik rishtalarini bog‘lagan".
"Bizning ayrim ittifoqchilarimiz jahon urushlari vaqtida chegaraning narigi tomonida edi. Tarix bizga tinch dunyoni barpo etish mumkinligiga ishonch berishi kerak", - deb ta'kidlagan Amerika yetakchisi.
Mavzuga oid
21:33 / 28.05.2026
AQSh va Eron 60 kunlik sulhni kelishdi, biroq Tramp hali uni ma’qullamadi
22:46 / 27.05.2026
Tramp Eron bilan muzokaralardan norozi va zarbalar qayta boshlanishiga ishora qildi
20:26 / 27.05.2026
Zelenskiy Trampga xat yozib, Ukrainani Rossiya raketalaridan himoya qilishni so‘radi
10:25 / 27.05.2026