Tramp Eronga qançalik katta tahdidlar qilmasin, oxirgi ikki oyda real va katta uruş qilgani yöq. U Venesuela prezidentini öğirlab ketganidan ruhlanib, Isroil boş vazirining gapiga kirib, Eronga qarşi yaşin tezligida ötişi kerak bölgan samarali operatsiyani reja qilgandi. Tehrondagi elitani öldirgaç, tizim qulaşiga işongan edi. Lekin öxşamadi.

Endi esa, Trampning oldida Erondagi siyosiy tizimni yiqitiş borasida faqat bitta real ssenariy bor – bu ham bölsa, tölaqonli yer usti operatsiyasi ötkaziş, katta uruş olib boriş, minglab amerikalik askarlar ölimiga tayyor turiş. Bu narsaga Trampning özi ham, atrofidagilar ham tayyor emas.

Trampda real işlaydigan boşqa ssenariy yöq. Şuning uçun bugun Vaşington Eron bilan tezroq kelişuvga erişiş va masalani tezroq yopiş niyatida.

Unda nega Tramp Eronga muttasil tahdidlar qilayapti? U goh Eronni yer yuzidan supurib taşlaş, goh jamiki infratuzilmasini bombalab yöq qiliş tahdidlarini yoğdiryapti. Trampning bu tahdidlaridan maqsad – Eronni qörqitib, muzokaralar stoliga ötirğiziş, şartlariga rozi qiliş. “Agar men bilan hozir kelişmasang, özingga qiyin böladi, men katta uruşga yoki bor imkoniyatlaringni yöq qilişga tayyorman, kuçim yetadi” deyiş...

Bu tahdidlar qisman puç ekanini Eron yaxşi biladi. Eron bitta narsadan real qörqadi: katta uruşdan, quruqlik operatsiyasidan. Lekin Trampda bunday vakolat va imkoniyat yöqligini ham Tehronda yaxşi bilişadi. Şuning uçun bugun Tehrondagi qaraşlar ikkiga bölinadi. Islom inqilobi qöriqçilar korpusi AQŞ bilan muzokaralarda qattiq turişni, yon bermaslikni istaydi. Çunki bu tarafning qaraşiga köra, AQŞning real imkoniyatlari çeklangan. Biroq diplomatlar va siyosatçilar muvozanat saqlaş tarafdori, ular AQŞni qattiq jahlini çiqariş ham kerak emas, muzokaralarni ham tez tugatmaslik kerak degan qaraşda.

Asosiysi, bugun Tehronda ijobiy kutiş holati yuqoriroq. Çunki 1979 yildan beri sanksiyalar, bosimlar ostidagi Eron, özining eng asosiy va qudratli duşmani – AQŞ bilan kelişib, özining fundamental ehtiyojlarini qondirişga imkoniyat izlayapti.

Bugungi muzokaralarda Eronning yadro dasturi muhokama qilinayotgani yöq. Bu masalaga keyingi bosqiçda ötiladi. Hozir kun tartibida boş mavzu – Xormuz böğozi. Sizdirilayotgan kelişuv loyihasiga köra, 60 kunlik sulhning birinçi yarmida Eron Hörmuz buğozini oçişi, erkin savdo va harakatlanişni ta’minlaşi kerak. AQŞ esa Eronning 12 mlrd dollarlik muzlatilgan mablağlarini qaytarişi zarur. Sanksiyalar yumşaşi va olib taşlanişi kerak. Bu – Eronning iqtisodiy tiklanişiga, siyosiy tizimning mustahkamlanişiga yordam beradi. Hozir Vaşington va Tehron birinçi bosqiç kelişuviga ança yaqinligi haqida xabarlar bor.