Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN: Tramp KXDRni AQSh uchun asosiy tahdid deb hisoblamoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp KXDRni AQShga “to‘g‘ridan-to‘g‘ri asosiy tahdid” deb hisoblaydi. Bu haqda CNN Oq uydagi yuqori lavozimli manbaga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, 27 fevral kuni Tramp Xitoy vakili bilan uchrashdi hamda uni KXDR muammosi ustida jiddiy ishlashga chaqirdi.
«Siz Shimoliy Koreya bo‘yicha ishlashingiz kerak», - deya AQSh prezidentining xitoylik amaldorga qarata aytgan so‘zlarini keltirgan manba.
Manba Xitoy vakilining ism-sharifini oydinlashtirmagan, biroq telekanalning taxminicha, gap XXR Davlat kengashi a'zosi, XKP MQ qoshidagi xorijiy ishlar bo‘yicha rahbariyat guruhi mas'ul kotibi Yan Tszechi haqida bormoqda. U AQShga ikki kunlik tashrif bilan kelgan.
Avvalroq Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashishi mumkinligini istisno qilmagani haqida xabar bergandik.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026