Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda ingliz tiliga rasmiy maqom beriladimi?
Qozog‘istonda hukumat o‘rtasida vakolatlarni taqsimlash bo‘yicha konstitutsiyaga kirilishi mumkin bo‘lgan tuzatishlarni muhokama qilish doirasida kelib tushgan takliflar orasida ingliz tiliga davlat tili maqomini berish ham bor. Bu haqda mamlakat prezidenti ma'muriyati rahbari Odilbek Jaksibekov xabar qildi.
"Shuningdek davlat tili o‘rnini kuchaytirish hamda ingliz tiliga rasmiy maqom berish bo‘yicha taklif ham bor", - deya aytib o‘tdi amaldor Ostonada hukumat o‘rtasida vakolatlarni qayta taqsimlash bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishida. Qozog‘iston prezidenti ma'muriyati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tuzatishlarga oid umumxalq muhokamasi doirasida “turli” takliflar kelib tushgan.
Bunday takliflar orasida: etnik qozoqlarni fuqarolikka qabul qilish tartibini yengillashtirish, o‘lim jazosini butunlay taqiqlash va hokazolar bor. Aholisi 17,7 million kishidan ko‘proqni tashkil etuvchi Qozog‘istonda 130ta millat vakillari istiqomat qiladi hamda qozoq tili davlat tili hisoblanadi. Shu bilan birga, davlat tashkilotlari hamda mahalliy boshqaruv organlarida qozoq tili bilan birga rus tilidan ham rasman foydalaniladi.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025