Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampga qo‘l telefonidan foydalanishni taqiqlashlari mumkin
AQSh kongressining Demokratik partiyadan bo‘lgan a'zolari prezident Donald Tramp tomonidan shaxsiy mobil telefonni ishlatish masalasini muhokamaga olib chiqishmoqchi. Nazorat va hukumat islohoti bo‘yicha maxsus qo‘mitaga yuborilgan demokratlar maktubi haqida RT xabar bermoqda.
Hujjatda aytilishicha, Tramp tomonidan “Android dasturiy ta'minotidagi himoyalanmagan smartfonning” ishlatilishi AQSh milliy xavfsizligini xavf ostiga qo‘yadi. Kongressmenlarning fikriga ko‘ra, prezident telefon orqali yoki xabarlarda davlat masalalarini muhokama qilishi hamda Twitter’da postlar e'lon qilishi mumkin emas.
“Prezident telefonini ko‘plab xorij davlatlari buzib kirishni istaydi. Ular prezidentning Twitter’dagi sahifasidan katta mamnuniyat bilan foydalanib qolishni xohlamoqda, bu dunyo barqarorligi uchun falokatli oqibatlarga olib keladi”, - deya yozishgan demokratlar.
Bundan tashqari, ularning ta'kidlashicha, Tramp Samsung Galaxy S3 modelidagi “juda ham eski” telefonni ishlatadi va uni buzib kirish juda oson ekan.
Tashabbus muallifi Kaliforniya shtatidan bo‘lgan demokrat-kongressmen Ted Lyu. Xatga kongressning yana 14 nafar a'zosi imzo chekkan.
Mavzuga oid
22:39
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
22:11
Bu bizning hudud – Tramp Grenlandiya haqida
21:15
AQSh hududida noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarning bir guruhi Vatanga qaytarildi
17:12