Sport | 11:23 / 03.03.2017
4272
3 daqiqa o‘qiladi

Povetkin mojarosi davom etadi: WBC bokschini noma'lum muddatga chetlatdi

Doping tekshiruvidan o‘ta olmagan rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin Butunjahon boks kengashi (WBC) tomonidan noma'lum muddatga chetlatildi va 250 ming dollarlik jarimaga tortildi, deb xabar qilinadi tashkilot matbuot relizida.

Povetkin 21 may kuni amerikalik Deontey Uaylder bilan WBC yo‘nalishi bo‘yicha super og‘ir vazn toifasidagi jahon chempionligi uchun jang o‘tkazishi kerak edi. Jangdan to‘qqiz kun avval esa uning qonidan meldoniy moddasi topilgani ma'lum bo‘ldi. Keyinchalik “Mir boksa” promouterlik kompaniyasi rahbari Andrey Ryabinskiy Povetkinning yangi rasmiy doping tekshiruvlari “toza” bo‘lib chiqqanini xabar qildi.

2016 yilning avgustida WBC Povetkinning doping tahlillari bir yil ichida salbiy chiqsa, u chetlatilishi, shuningdek jahon chempioni nomi uchun jang o‘tkazishga majburiy da'vogar bo‘lish imkonidan mahrum etilishi haqida ma'lum qildi. Dekabrda Povetkinning kanadalik Bermeyn Stivern bilan WBC vaqtinchalik chempioni nomi uchun jangi rossiyalik bokschining qonidan ostarin moddasi topilgani tufayli bekor qilindi. 

"2016 yilning 17 avgustidagi WBC qaroriga ko‘ra, janob Povetkin WBC shafeligidagi barcha janglardan noma'lum muddatga chetlatilishi kerak. Povetkin WBC’ga 250 ming dollar miqdorida jarima to‘lashi lozim, - deyiladi xabarda. – Dopingga ko‘ngilli ravishda tekshiruvdan o‘tkazish Assotsiatsiyasi (VADA) Povetkinning tekshiruvi haqidagi aniq bayonnomani uning hisobidan ishlab chiqadi".

"Povetkin bu qarordan bir yil o‘tib WBC’da a'zolikka tiklanish haqida murojaat yuborishi mumkin. Agarda bayonnoma doirasidagi barcha testlar natijasi salbiy bo‘lsa, WBC Povetkindan diskvalifikatsiyani olish imkonini ko‘rib chiqadi, shu bilan birga, sportchi shaxsiy bayonnoma doirasida dopingga tekshiruvdan o‘tishni davom ettiradi. WBC Povetkinga uning doping-namunasida ostarin moddasi haqida qo‘shimcha isbotlar taqdim etish imkonini beradi".

Fevral oyi boshida “Mir boksa” promouterlik kompaniyasi rahbari Andrey Ryabinskiy Povetkinning ostaringa bo‘lgan B doping-namunasi ijobiy natija bergani, garchi Lozannadagi mustaqil laboratoriyadagi test “toza” bo‘lganini ma'lum qildi. Oxir-oqibat Povetkin WBC reytinglaridan chetlatildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid