Jahon | 09:45 / 05.03.2017
7798
1 daqiqa o‘qiladi

Abening vakolat muddati 9 yilga uzaytirildi

Foto: Reuters

Yaponiya Liberal-demokratik partiya s'yezdida partiya ustaviga o‘zgartirishlar kiritish hamda partiya yetakchisi vakolatini uzaytirish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Bu haqda Kiodo agentligi xabar tarqatgan.

5 mart kuni Tokioda o‘tkazilgan LDP s'yezdida hukumatdagi partiyaning rahbari vakolatini 3 yillik 2 muddatdan 3 muddatga, ya'ni 9 yilga uzaytirishga kelishilgan.

Shu tariqa, LDP o‘z yetakchisi Sindzo Abening 2021 yilgacha hukumat tepasida qolishini ta'minlamoqchi. Uning muhlati 2018 yilda tugashi belgilangan.

2018 yil kuzida partiya raisligi uchun saylov o‘tkaziladi va unda Abe o‘z nomzodini qo‘yish kutilmoqda.

Abe 2012 yilda o‘z partiyasi Demokratik partiya ustidan umumiy saylovlarda ishonchli g‘alabaga erishganidan so‘ng Yaponiya bosh vaziriga aylangandi. 

Mavzuga oid