Yaponiya Liberal-demokratik partiya s'yezdida partiya ustaviga özgartirişlar kiritiş hamda partiya yetakçisi vakolatini uzaytiriş böyiça qaror qabul qilindi. Bu haqda Kiodo agentligi xabar tarqatgan.
5 mart kuni Tokioda ötkazilgan LDP s'yezdida hukumatdagi partiyaning rahbari vakolatini 3 yillik 2 muddatdan 3 muddatga, ya'ni 9 yilga uzaytirişga kelişilgan.
Şu tariqa, LDP öz yetakçisi Sindzo Abening 2021 yilgaça hukumat tepasida qolişini ta'minlamoqçi. Uning muhlati 2018 yilda tugaşi belgilangan.
2018 yil kuzida partiya raisligi uçun saylov ötkaziladi va unda Abe öz nomzodini qöyiş kutilmoqda.
Abe 2012 yilda öz partiyasi Demokratik partiya ustidan umumiy saylovlarda işonçli ğalabaga erişganidan söng Yaponiya boş vaziriga aylangandi.

















