Qonun loyihasi bilan Soğliqni saqlaş vazirligiga oş tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlaş uçun foydalaniladigan tarkibida yod bölgan preparatlarni, ularga qöyiladigan talablarni, oş tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlaşga, yodlangan tuzni işlab çiqarişga, taşişga, saqlaşga va realizatsiya qilişga qöyiladigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini belgilaş hamda uning nazoratini olib boriş vakolatlari belgilanmoqda.
Deputatlarning ta’kidlaşiça, mazkur qonun loyihasi qabul qilinişi aholi salomatligini muhofaza qiliş, yod yetişmasligi kasalliklarini profilaktika qiliş, ösib kelayotgan avlodning intellektual salohiyatini oşirişga xizmat qiladi. Aholining ehtiyoji uçun zarur bölgan sifatli va xavfsiz bölgan oş tuzi bilan ta’minoti töliq qoplanadi.
Aholi örtasida yod yetişmasligi kasalliklarining oldini oliş tizimini takomillaştirişga qaratilgan qonun loyihasi 24 yanvar kuni birinçi öqişda konseptual jihatdan körib çiqilgandi.












