Jahon | 12:38 / 05.03.2017
4121
1 daqiqa o‘qiladi

Meksika AQShdan meksikaliklar huquqlarini hurmat qilishni so‘radi

Foto: TVnet

Meksika AQShning turli shtatlaridagi konsulxonalarda bu mamlakatdan deportatsiya qilinayotganlar uchun 50ta markaz ochdi. Bu haqda Reuters xabar tarqatdi.

Meksika TIV rahbari Luis Videgaray AQSh hukumatini meksikaliklar huquqlarini hurmat qilishga va hujjatsiz muhojirlarni qonun asosida kuzatishga chaqirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Meksika Amerika qonunlarini, xususan fuqarolarning deportatsiya qilinishiga oid qonunlarni hurmat qiladi. Ammo birinchi navbatda inson huquqlariga rioya etish kerak.

Bundan oldinroq Meksika AQSh prezidenti Donald Trampning farmoniga ko‘ra mamlakatdan chiqarib yuboriladigan meksikaliklarni so‘zsiz qabul qilishini bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, Tramp millionlab ro‘yxatdan o‘tmagan muhojirlarni deportatsiya qilishga va'da bergan edi.

AQSh milliy xavfsizlik kotibi Jon Kelli Meksika bilan chegaradagi devor yaqin ikki yil ichida qurib bitkazilishini ma'lum qilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid