Jamiyat | 09:30 / 06.03.2017
9886
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Gruziyadagi yuk konteynerlaridan qurilgan noodatiy mehmonxona

Gruziya tog‘laridagi Quadrum mehmonxonasi eski yuk konteynerlaridan qurilgan o‘ziga xos ehromni eslatib yuboradi. Uni yaratgan me'morlar Sandro Ramishvili va Irakliy Eristavi ilhom manbai sifatida Yuqori Gudauri kurorti landshaftini tilga olishgan.

Ular ish jarayonida ekologik sof materiallardan foydalanishgan. Har bir xonadan tog‘larning ajoyib manzarasini ko‘rish mumkin.

Mehmonxona tog‘ chang‘i sporti va yoga ishqibozlari bo‘lgan kishilarni, shuningdek, tinch hordiqni sevadigan shaxslarni o‘ziga taklif etadi.

Quadrum – yuk konteynerlaridan qurilgan birinchi mehmonxona emas. Xitoy va Buyuk Britaniyada ham shunday maskanlar bor. Gruziyadagi mehmonxona ulardan shaharlardan uzoqda hamda balandlikda joylashgani bilan farq qiladi – u dengiz sathidan 2200 metr tepalikda qurilgan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid