Fiyon baribir prezident bo‘lmoqchi: «Respublikachilar» uning nomzodini qo‘llab-quvvatlashdi
Fransiyadagi “Respublikachilar” muxolif partiyasi siyosiy qo‘mitasi prezidentlik saylovlarida Fransua Fiyon nomzodini qo‘llab-quvvatlashini bir ovozdan tasdiqladi. Bu haqda Le Figaro xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bu haqda Fransiya senati rahbari Jyerer Larshe ma'lum qilgan. Partiya yetakchisi Bernar Akkuayye bu ma'lumotni tasdiqladi.
Partiya Fiyonnga nisbatan rafiqasi Penelopani soxta ish bilan ta'minlash bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlar haqida gap-so‘zlar paydo bo‘lganidan so‘ng favqulodda uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvga sobiq prezident Nikolya Sarkozi, Fiyonning o‘zi va mamlakat tashqi ishlar vazirligi sobiq rahbari Alen Jyuppe kelgan.
Avvalroq Jyuppe Fransiya prezidentligiga nomzod Fransua Fiyonning nomzodini almashtirmasligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
21:44 / 05.11.2024
Netflixʼning Parij va Amsterdamdagi ofislarida tintuv o‘tkazildi
18:52 / 05.11.2024
Michelin 2025 yilda Fransiyadagi ikkita zavodini yopadi
14:10 / 02.11.2024
Fransiyada uysizlar orasida o‘limlar soni rekord darajaga yetdi
14:59 / 27.10.2024