2023 yilda Fransiyada rekord darajadagi 735 boşpanasiz odam hayotdan köz yumdi.
Bu haqda Le Parisien gazetasi boşpanasizlar ölimini qayd etuvçi Les Mors de la Rue («Köçalardagi ölim») taşkiloti ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilişiça, bu sönggi 12 yildagi eng yuqori körsatkiçdir.
Tadqiqotga köra, ötgan yili köçalarda hayotdan köz yumganlar soni 2022 yilga nisbatan köpaygan, öşanda 630 ta ölim qayd etilgan.
Les Mors de la Rue, şuningdek, halok bölganlarning örtaça yoşi 49 yoşni taşkil etganini körsatdi. Mamlakatda örtaça umr köriş 79,9 yoşni taşkil etadi.
Ölimning 86 foizi erkaklarga töğri keladi, garçi ayollar uluşi ham oşgan.
Uysizlarning deyarli uçdan bir qismi qişda halok böldi.
Taşkilotning qayd etişiça, haqiqiy qurbonlar soni köproq bölişi mumkin. Buning sababi şundaki, ölimlarning muhim qismi tadqiqotga kiritilmagan, çunki Fransiyadagi uysizlar sonini aniq aniqlaş qiyin.








