Stokholm tinçlik muammolarini tadqiq qiliş xalqaro instituti (SIRPI) ma’lumotlariga köra, Yevropa davlatlari asosiy qurol turlarining importini ikki barobarga oşirgan.
Şuningdek, Yaqin Şarq va Fors Körfazi davlatlari, Osiyo va Okeaniyadagi mamlakatlar qurol importini keskin köpaytirgan.
Bundan taşqari, 2022 yilda Rossiya Ukrainaga bostirib kirgandan söng ukrainlar qurol importi böyiça yuqori örinlarga çiqqan.
Dunyo böylab qurol sotişda ança yillardan buyon AQŞ yetakçilik qilib kelmoqda. Ukrainaga bostirib kirgunça Rossiya ikkinçi örinda bölgan.
2022 yil 24 fevral kuni boşlangan uruşdan keyin Rossiyaning qurol eksporti hajmi keskin kamaygan va hatto uruşda qöllaş uçun snaryadlar va raketalar import qilişga ötgan.
Quyida dunyodagi eng köp qurol eksport va import qiluvçi davlatlar röyxatini körib çiqamiz.
Eng köp qurol eksport qiluvçi davlatlar
AQŞ
AQŞ ança yillardan buyon qurol-yaroğ sotiş böyiça birinçi örinni egallab kelmoqda. Sönggi beş yilda bu davlat qurol eksportini 17 foizga oşirgan.
Natijada Amerika jahon qurol savdosida öz uluşini 34 foizdan 42 foizgaça oşirgan. Bu degani, sönggi yillarda dunyoning turli davlatlari tomonidan sotib olinayotgan qurol-yaroğlarning qariyb yarmini AQŞ eksport qilmoqda.
Stokholm tinçlik muammolarini tadqiq qiliş xalqaro instituti (SIRPI) hisobotlariga köra, 2023 yilda AQŞ dunyoning 90 dan oşiq davlatiga qurol eksport qilgan.
2019-2023 yillarda bu davlat eng köp qurol-yaroğni Saudiya Arabistoniga sotgan va bu umumiy eksportning 15 foizini taşkil etgan. Keyingi örinlarni 8,2 foiz bilan Qatar, 4,5 foiz bilan Kuvayt, 3,6 foiz bilan Isroil egallagan.
AQŞ sönggi yillarda Yaponiya, Janubiy Koreya va Avstraliyaga qurol eksportini sezilardi oşirgan. Ukrainaga sotilgan qurol-yaroğ esa umumiy eksportning 4,7 foizini taşkil etgan.
Fransiya
Uzoq yillar mobaynida Rossiya qurol-yaroğ eksporti böyiça AQŞdan söng ikkinçi örinda bölib keldi. Bu davlat Ukrainaga bostirib kirgaç nafaqat qurol eksporti sustlaşdi. Şundan söng Fransiya Rossiyani quvib ötib, ikkinçi öringa çiqdi.









