Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Grizmann sadoqati uchun antiqa usulda jazoga tortildi
«Atletiko» Madrid hujumchisi Antuan Grizmann Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi musobaqalarni tashkillashtirish qo‘mitasi tomonidan jazoga tortildi.
As manbasi bergan xabarga ko‘ra, futbolchi «Valensiya»ga qarshi uchrashuvda (3:0) kiritgan golni nishonlashda amalga oshirgan harakati uchun jazoga tortilgan.
Gap shundaki, futbolchi gol kiritgach, uni tug‘ilgan kunini nishonlayotgan sevgilisiga bag‘ishlagan va futbolkasidagi yozuvni ommaga namoyish etgan holda, o‘z tilaklarini yo‘llagandi. Buni tashkilot tartib intizom qoidasi ko‘rsatilgan talablarga zid deb topildi va futbolchiga 3 ming yevro miqdorida jarima va kechiktirilgan sariq kartochka bilan jazolandi.
«Jarima va sariq kartochka, hammasi sevgilimni tabriklaganim uchun… Eng qizig‘i barchasi uch kun o‘tgach sodir bo‘lmoqda. Boshqa ishlar bilan shug‘ullaning», – deya yozgan Grizmann o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Mavzuga oid
15:59 / 09.09.2020
Jahon rekordi sari oshiqayotgan Ronaldu, Zidanga yetib olgan Grizmann va JCh-2018 finalining takrori. Millatlar ligasining eng muhim 7 voqeasi
19:17 / 14.04.2017
Ronaldu Dibala va Grizmanni ortda qoldirdi
17:37 / 22.02.2017
Fanatizm qurboni. Grizmann muxlisining ko‘z yosh to‘kishiga sababchi bo‘ldi
17:47 / 15.02.2017