Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noqonuniy faoliyat ortidan mo‘may daromadni ko‘zlaganlar qo‘lga olindi
O‘tgan yilning fevral oyi oxirlarida Yangiyo‘l tumanidagi bozor har doimgidek odamlar bilan gavjum edi. Bu yerda kimdir yaxshi niyatda ro‘zg‘origa ul-bul xarid qilishga, yana kimdir esa, o‘zi yetishtirgan yoki tayyorlagan mahsulotini sotishga kelgan, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Yana qaysidir kimsalar bu yerda noqonuniy faoliyat ortidan mo‘may daromadni ko‘zlab, izg‘ib yuribdi. Mo‘min Turdiyev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) nimadandir bezovta bo‘layotgan o‘rta yoshlardagi ayolni ilg‘ab qoldi. Uni qo‘ldan chiqarmaslik kerakligini anglab, fursatni boy bermay ayolga yaqinlashdi.
- Singlim, nimadan bezovtasiz? Balki, yordamim tegib qolar...
- Menga olti ming AQSh dollari kerak, - dedi ayol.
- Bu muammoni yechishda men sizga yordam beraman, - deb Mo‘min uni bir chekkaga imlab chaqirdi, so‘ng telefonida hamtovog‘i Furqat Mallayev bilan gaplashdi. – Jo‘rajon, bir singlimga anavidan kerak bo‘lib qoldi, yordam qilib yubormasang bo‘lmaydi.
Ular kechki payt ko‘rishishga kelishib, xayrlashdilar. Shohista aytilgan joyga yetib kelganida M.Turdiyev telefonda gaplashgan tanishi F.Mallayev bilan turishgan ekan. O‘sha yerning o‘zida 6 ming AQSh dollarini ayolning qo‘liga tutqazgan Mo‘min undan olgan 39 mln. 600 ming milliy valyuta qiymatliklarining taxlamlarini sanay boshladi va xotirjam ohangda to‘g‘ri, deb jilmaydi.
Biroq, ular voqea joyini tark eta olmadilar. M.Turdiyev bilan F.Mallayevning 6 ming AQSh dollarini noqonuniy ayirboshlash operatsiyasi SVOJJDLQK departamentining Yangiyo‘l tuman bo‘limi xodimlari tomonidan “barbod” qilindi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tuman sudi tomonidan har ikkala sudlanuvchiga eng kam oylik ish haqining ellik baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid
19:51 / 27.05.2026
1 dollar ≠ 1 so‘m ≠ 1 rubl. Valutalar qiymati nega har xil?
09:39 / 27.05.2026
Markaziy bank valuta operatsiyalari tartibiga o‘zgartish kiritmoqchi
20:41 / 08.05.2026
Bankdan 500 dollargacha naqd valutani pasporsiz olishga ruxsat beriladi
17:55 / 29.04.2026