Texnologiya | 22:10 / 09.03.2017
19442
1 daqiqa o‘qiladi

2004-2005 yillarda eng ko‘p sotilgan telefon qayta ishlab chiqariladi

Motorola brendi huquqiga ega bo‘lgan Lenovo kompaniyasi rahbari Yan Yuantsin afsonaviy telefonlardan biri bo‘lgan Motorola RAZR V3 modelini qayta ishlab chiqarmoqchi ekanini aytdi. Bu haqda CNBC xabar berdi. 

Ma'lumot uchun, Motorola RAZR V3 2004 va 2005 yillarda eng ko‘p sotilgan telefon bo‘lgan edi. Umumiy sotuv hajmi 130 mln donadan oshgan. 

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid