Jamiyat | 07:57 / 09.03.2017
17952
1 daqiqa o‘qiladi

BAAda ukrainalik homilador ayol nikohsiz uchrashuv uchun qo‘lga olindi

Foto: RIA

BAA hukumati Ukraina va JAR fuqarolarini hibsga olishga qaror qildi. Bunga ukrainalik ayolning homilador ekani sabab bo‘lgan, deb yozmoqda Mirror.

Yoshlar Dubayda dam olayotganda 27 yoshli ukrainalik qiz Irina Noxay o‘zini yomon his qila boshlagan. Qizning janubiy afrikalik yigiti Emlin Kalveruyell uni shifoxonaga olib borgan. Tahlillar qiz homiladorlikning dastlabki muddatida ekanini ko‘rsatgan. 

Shundan so‘ng, tibbiyot xodimlari bu haqda hukumatga ma'lum qilgan, ish huquqni himoya qilish organlariga topshirilgan. Mahalliy qonunchilikka ko‘ra, nikohsiz aloqa jinoyat hisoblanadi, deb yozadi gazeta.

Nashrga ko‘ra, Ukrainaning BAAdagi elchixonasi yoshlarning turmush qurishlari yoki deportatsiya qilinishiga erishish uchun urinmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid