Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng og‘ir ayol operatsiya qilindi
Dunyoda eng og‘ir ayol hisoblanuvchi va 500 kg ga yaqin vaznga ega bo‘lgan misrlik Imon Ahmad Abdulatiy Hindistonning Mumbay shahridagi Saifee Hospital shifoxonasida oshqozonini kichraytirish bo‘yicha operatsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Bu haqda Hindustan News nashri xabar bermoqda.
Fevralda ayol EgyptAir aviakompaniyasining yuk samolyotida Misrdan Hindistonga olib kelingandi. Oddiy samolyot ayolni vazni va unga maxsus sharoitlar ta'minlash kerakligi sababli o‘z bortiga ololmagan.
Shifokorlarning aytishicha, Imon 7 mart kuni oshqozonini dastlabki o‘lchamidan 15 foizga kichraytiruvchi operatsiyani boshidan o‘tkazgan. Shifokorlar ayolning oshqozonidan yirik o‘lchamdagi yog‘ni olib tashlashgan va uning oziq-ovqatlarni iste'mol qilish qobiliyatini kamaytirishgan.
"Imonning ahvoli barqarorlashishi bilan u ona shahriga qayta oladi va uning vazn tashlashi bir guruh shifokorlar tomonidan kuzatib boriladi. Imon operatsiyadan avval o‘tkazilgan suyuq parhez sababli 100 kg vazn yo‘qotdi va u yana 6-8 oy ichida yana 100 kg yo‘qotishiga umid qilmoqdamiz", deb aytgan shifokorlardan biri.
Ta'kidlanishicha, ayol ona shahri Iskandariyaga mablag‘ yig‘ish bo‘yicha onlayn kampaniya orqali yig‘ilgan pullarga qaytadi. Maqbul natijalarga erishish uchun yaqin bir necha yil ichida ayolga yana bir nechta bariatrik protsedura kerak bo‘ladi.
36 yoshli Imon "fil kasalligi" va bezlarining yaxshi ishlamasligi sababli shunday ahvolga tushgan.
Mavzuga oid
14:02 / 14.01.2026
Hindistonda yovvoyi fil 22 kishini o‘ldirdi. U hamon qidirilmoqda
23:10 / 07.01.2026
«Telsartan H» dori vositasining ayrim partiyasi muomaladan qaytarib olinadi
13:02 / 06.01.2026
O‘zbekistonga o‘qish uchun kelayotganlar ko‘paydi: yetakchi mamlakat - Hindiston
09:06 / 03.01.2026