Jamiyat | 08:07 / 09.03.2017
7164
2 daqiqa o‘qiladi

Kiyevda noma'lum kimsa farzandlari bilan ketayotgan otani otib tashladi

Foto: RIA

Ukraina poytaxti Kiyev shahrida noma'lum kimsa erkak kishini otib o‘ldirdi. Uning ikki farzandi yaralangan, deb xabar qilmoqda Kiyev milliy politsiyasi bosh boshqarmasi vakili Oksana Blishchik.

"Poytaxt politsiyasi erkak kishi qotilligidagi gumondorni qidirmoqda. Kiyev fuqarosi bolalari bilan avtomobilda uyiga qaytayotgan bo‘lgan. Uyga yetib kelishganida noma'lum kishi "Mersedes"ni o‘qqa tutgan. Erkak kishi halok bo‘lgan, bolalar shifoxonaga keltirilgan", — deb yozgan Blishchik Facebook tarmog‘idagi sahifasida.

Ta'kidlanishicha, hodisa Kiyevning Goloseyev tumanida ro‘y bergan. Dastlabki tergov-surishtiruv natijalariga ko‘ra, g‘arazgo‘y 6 marta, taxminan Makarov pistoletidan o‘q uzgan. Politsiya yetib kelganida bolalar mashina ichida bo‘lgan. Ularning ahvoliga oydinlik kiritilmoqda. 

Hozirda, qotillik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Marhum tadbirkorlik bilan shug‘ullangan mahalliy fuqaro ekani aniqlangan. Politsiya tergov ishlarini davom ettirmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid