Iqtisodiyot | 21:47 / 09.03.2017
4338
1 daqiqa o‘qiladi

Shell kompaniyasi Kanadadagi aktivlarini sotmoqda

Royal Dutch Shell ingliz-golland kompaniyasi Kanadadagi neftga boy qumlar hududidagi loyihalarini 8,5 mlrd dollarga sotish bo‘yicha Canadian Natural Resources Limited kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.

Shell bundan 5,4 mlrd dollarini pul va 3,1 mlrd dollarini Canadian Natural aksiyalari ko‘rinishida oladi.

Kompaniya shu tariqa Athabasca Oil Sands loyihasidagi o‘z ulushini 60 foizdan 10 foizgacha qisqartirmoqda va Peace River Complex, jumladan Carmon Creek loyihalarining 100 foiz ativini sotmoqda. Shell kompaniyasi AOSP’s Scotford loyihasi operatori bo‘lib qoladi.

9 mart kuni avvalroq Shell va Canadian Natural’ning Athabasca Oil Sands loyihasidagi Marathon oil’ning 20 ulushini 2,5 mlrd dollarga sotib olishi ma'lum qilingandi. Kompaniyalar bu aktivlar uchun 1,25 mlrd dollardan to‘lashadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid