Jahon | 10:33 / 10.03.2017
9812
2 daqiqa o‘qiladi

Pak Kin Xe bugun prezidentlik saroyidan chiqib ketadi

© AP Photo

Janubiy Koreyada impichment orqali lavozimidan chetlatilgan ilk prezident bo‘lgan Pak Kin Xe bugun kun oxiriga qadar prezidentlik saroyini tark etishi kerak. Bu haqda NHK telekanalida xabar qilindi.

Bugun Koreya Respublikasi konstitutsion sudi Parlament tomonidan o‘tgan yilning 9 dekabrida e'lon qilingan impichmentni ma'qullab, prezidentni lavozimidan chetlatdi. Endi Koreyada 60 kun ichida muddatidan oldin prezident saylovi bo‘lib o‘tadi.

Prezident korruptsion mojaroga aralashib qolgani tufayli lavozimini tark etishga majbur bo‘ldi.

Prokuratura uning daxlsizlik huquqi tufayli unga nisbatan jinoiy ish ocha olmasdi. 

Endilikda Pak Kin Xe sobiq prezidentlarga beriladigan barcha imtiyozlardan: maoshining 70 foizi miqdoridagi umrbod pensiyadan (12 mln von yoki 10,4 ming dollar), uch nafar yordamchi, shaxsiy haydovchi va davlat shifoxonalarida bepul tibbiy xizmatdan mahrum bo‘ladi.  

Shuningdek, u jinoiy ta'qib qilinish immunitetidan mahrum bo‘ladi. Bu esa Janubiy Koreya prokuraturasiga uni ko‘p masalalar bo‘yicha so‘roq qilish imkoniyatini beradi. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid